Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Xodim o‘quv ta’tiliga chiqsa, ishlanmaydigan bayram kunlarini ta’til kunlariga qo‘shiladi.


Xodim o‘quv ta’tiliga chiqsa, ishlanmaydigan bayram kunlarini ta’til kunlariga qo‘shiladi.

Mehnat Kodeksi 213-moddasiga ko‘ra, ushbu Kodeksda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar uchun ta’tillarning quyidagi 4️ta turi nazarda tutilgan:

1️. har yilgi mehnat ta’tili;

2️. ijtimoiy ta’tillar;

3️. ish haqi qisman saqlanadigan ta’til;

4️. ish haqi saqlanmaydigan ta’til.

MK 14-bobi 4-paragrafi 216-235-moddalari har yilgi mehnat ta’tilini, 5-paragrafi 236-239-moddalari ijtimoiy ta’tillarni, 6-paragrafi 240-242-moddalari esa ish haqi qisman saqlanadigan ta’til va ish haqi saqlanmaydigan ta’tillarni tartibga soladi.

Yuqoridagi paragraflardagi qoidalarni chalg‘itib yubormaslik lozim. Chunki, ushbu paragraflardagi qoidalar ta’tilning muayyan bir turiga taalluqlidir. Masalan, MK 221-moddasiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi. Ya’ni xodim har yilgi mehnat ta’tiliga chiqsa, MK 208-moddasidagi 9ta ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi.

Agar xodim ijtimoiy ta’til, ish haqi qisman saqlanadigan ta’til yoki ish haqi saqlanmaydigan ta’tilga chiqsa, 9ta ishlanmaydigan bayram kunlari ushbu ta’tillarning davomiyligini belgilashda hisobga olinadi. Chunki MK 221-moddasidagi qoidalar faqat har yilgi mehnat ta’tillarining davomiyligini hisoblab chiqarishga tatbiq qilinadi, ta’tilning qolgan turlariga ushbu qoidalar tatbiq qilinmaydi. Ularning davomiyligini hisoblab chiqarishda esa, MK 9-moddasidagi qoidalar tatbiq qilinadi. Unga ko‘ra, kalendar yillar, oylar, haftalar yoki kunlar bilan hisoblanadigan muddatga ishlanmaydigan kunlar ham qo‘shiladi.

Demak, xodim o‘quv ta’tiliga chiqsa, 9ta ishlanmaydigan bayram kunlari o‘quv ta’tillarning davomiyligini belgilashda hisobga olinadi.

 

Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti:                                   Raxmonov O.