Янгиликлар
Xodimlarning maoshlarni kamaytirish
Xodimlarning maoshlarni kamaytirish
Xodimning ish haqini uning roziligi bilan va ayrim hollarda roziligisiz ham oʻzgartirish, jumladan, kamaytirish mumkin.
1. Xodimning roziligi bilan kamaytirish.
Mehnat kodeksining 247-moddasida mehnatga haqi toʻlash miqdorini oʻzgartirish, jumladan, uning miqdorini kamaytirish bu haqi qanday belgilangan boʻlsa, xuddi shunday tartibda amalga oshirilishi belgilangan. Shuningdek, bu moddada ish haqi miqdorini xodimning roziligisiz kamaytirishga yoʻl qoʻyilmasligi nazarda tutilgan.
Yaʻni, ish haqi miqdoringiz deylik, agar siz imzolagan mehnat shartnomasi bilan belgilangan boʻlsa, uni kamaytirish ham xuddi shu shartnoma kabi, oʻsha mehnat shartnomasiga oʻzgartirish kiritish haqidagi qoʻshimcha kelishuv bilan amalga oshirilishi mumkin. Qoʻshimcha kelishuv deganda, bu sizning ham roziligingiz tushuniladi, chunki, bu kelishuvga imzo qoʻymasangiz, roziligingiz ham boʻlmaydi. Oʻz-oʻzidan ish haqingizni kamaytirish mumkin boʻlmaydi bunda.
2. Xodimning roziligisiz kamaytirish.
MK 247-moddasi ikkinchi qismiga koʻra, ish haqi miqdori istisno tariqasida texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarish yoki ishlar (mahsulot va xizmatlar) hajmi qisqarishi bilan bogʻliq boʻlsa, yoki biror-bir qonunchilik bilan shunday topshiriq ketsa, xodimning roziligisiz oʻzgartirilishi jumladan, kamaytirilishi mumkin.
Mana shu istisnoviy holatlar yuzaga kelganligi tufayli ish haqini xodimni roziligisiz kamaytirmoqchi boʻlsa, ish beruvchi uni kamida 2 oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi shart.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsuti: Raxmonov O.