Янгиликлар
Noinsof ovchilar endi 7 yilgacha muddatga qamalishi mumkin
Noinsof ovchilar endi 7 yilgacha muddatga qamalishi mumkin
Ovchilik va baliqchilik bilan qonuniy shugʻullanadigan insofli odamlar bor. Lekin, qonunlarni mensimaydigan yaramaslari ham koʻp oramizda.
Elektr toklarini tashlab, portlovchi vositalarni ishga solib, butun baliqlar olamiga qiron keltiradigan, 3-4 tasini ovlayman deb, butun atrof-muhitni zaharlayotgan ifloslar haqida koʻp eshitamiz.
Ana shundaylarga endilikda alohida ogʻirlashtirilgan jinoiy jazolar joriy qilinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-noyabrdagi OʻRQ-1004-sonli qonuni bilan Jinoyat kodeksining 202-moddasiga yangi toʻrtinchi qism kiritildi.
Endilikda elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qoʻllagan holda ov qilish yoxud baliq ovlaganlik uchun, –
➖BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanadigan boʻldi.
Ohangaron shahar YXKM rahbari: B.Oʻsmonov