Янгиликлар
Sudlanganlik holati tugallanishi
Sudlanganlik holati tugallanishi
Sudlanganlik holati tugallanishi – shaxsning tegishli jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin va belgilangan muddatlar o‘tganidan keyin avtomatik tarzda (o‘z-o‘zidan) barham topishini anglatadi.
Sudlanganlik holati quyidagi muddatlarda tugaydi:
– shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;
(shartli hukm – shaxs jazoni o‘tamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin degan xulosaga kelinganda unga jazoni o‘tamasdan xulqini tuzatishga bir yildan uch yilgacha muddat berish)
– majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
– jarima to‘lab bo‘lingan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin – bir yil o‘tgach (masalan, 10 mln jarima tayinlangan bo‘lsa, shu jarima 2024 yil 24 noyabr kuni to‘lab bo‘linsa, 2025 yil 24 noyabr kuni sudlanganlik tugaydi);
- ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin – ikki yil o‘tgach;
- 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 4 yil o‘tgach;
- 5 yildan ortiq, lekin 10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 7 yil o‘tgach;
- 10 yildan ortiq, lekin 15 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 10 yil o‘tgach.
Sudlanganlik tugaganida shaxs, uning vorisi, qonuniy vakili yoki advokati iltimosiga ko‘ra sudlangan shaxsning yashash joyidagi sud tomonidan sudlanganlik holati mavjud emasligiga oid ma’lumotnoma beriladi.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti: Raxmonov O.