Янгиликлар
Ta’til pulini hisoblash
Ta’til pulini hisoblash
Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14 noyabrdagi 758-sonli qarori bilan “Alohida hollar uchun xodimlarning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizomda yillik mehnat ta’tili berilganda oldindan to‘lanadigan o‘rtacha ish haqi miqdoridagi ta’til pulini hisoblash masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Jumladan, Nizomning 8-bandida “xodimga har yilgi mehnat ta’tili uchun haq to‘lash va foydalanmagan ta’til uchun pullik kompensatsiya to‘lash uchun (shu jumladan, ish vaqti jamlab hisobga olinganda) o‘rtacha ish haqi Mehnat kodeksining 257-moddasi o‘ninchi qismiga muvofiq hisoblangan o‘rtacha kunlik ish haqini ta’til kunlari, shu jumladan, foydalanmagan ta’til kunlari soniga (yakshanba va bayram kunlaridan tashqari) ko‘paytirish orqali belgilanadi. Boshqa hollarda o‘rtacha ish haqi o‘rtacha kunlik ish haqini ish kunlari soniga ko‘paytirish orqali belgilanadi” deyilmoqda.
Ya’ni, mehnat ta’tili bo‘yicha o‘rtacha ish haqini hisoblashda endilikda yakshanba kuni hisoblanmasligi belgilanmoqda. Ushbu qaror 2024 yil 15 noyabr kunidan kuchga kirdi.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti: Raxmonov O.