Янгиликлар
Ta’tillar jadvalini tuzish
Ta’tillar jadvalini tuzish
Mehnat Kodeksi 228-moddasiga asosan taʼtil jadvali keyingi yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra tasdiqlanadi.
Demak, ish beruvchi taʼtillar jadvalini tasdiqlash (imzolash)dan avval, uni kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishishi kerak.
Kelishish Mehnat Kodeksi 15-moddasi asosida amalga oshiriladi, yaʼni ish beruvchi avval kasaba uyushmasi qoʻmitasiga jadvalni ilova qilib, taqdimnoma beradi.
Tashkilotda kasaba uyushmasi qoʻmitasi (3-5 yoki 7 kishilik) boʻlsa, kelishish kollegial tartibda hal boʻladi. Yaʼni, kasaba uyushmasi qoʻmitasi yigʻilishi boʻladi va bu yigʻilishda taʼtillar jadvali loyihasi muhokama qilinib, uni maʼqullash haqida yigʻilish bayoni rasmiylashtiriladi. Keyin kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi jadvalni “Kelishildi” qismiga imzo qoʻyadi.
Agar bir nafar xodimlar vakili boʻlsa, jadvalning kelishish qismiga uning oʻzi imzo qoʻysa yetarli.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti: Raxmonov O.