Янгиликлар
Tergovga chaqirilsa bormasa ham bo‘ladimi?
Tergovga chaqirilsa bormasa ham bo‘ladimi?
“Tergovga borishim shartmi? Bormasam men bilan nima sodir bo‘ladi?” – suhbatga chaqirilgan biror kishi yo‘qki, uning hayolidan shu kabi savollar o‘tmasa. JPKning 261-moddasiga ko‘ra, jinoyat ishini yuritish munosabati bilan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan belgilangan tartibda chaqirilgan shaxslar aynan ko‘rsatilgan vaqtda hozir bo‘lishlari shart.
Bunda quyidagi ikki holatga e’tiborni qaratish lozim. Birinchidan, kishilar “belgilangan tartib”da chaqirilgan bo‘lishi lozim. Bunday tartib, yuqorida ko‘rib chiqilganidek, ko‘rsatilgan vaqtda va joyda so‘roq qilish uchun hozir bo‘lish to‘g‘risidagi chaqiruv qog‘ozi yuborish hisoblanadi.
Ikkinchidan, qonunchilik “uzrli sabablar” bo‘lgan taqdirda tergovga kelmaslikka yo‘l qo‘yadi. Ammo, bunday sabablar doirasi belgilanmagan. Chunki hech bir ro‘yxat hayotda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarni qamrab ololmaydi. Uzrli sabablar turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, chaqiruv qog‘ozining belgilangan muddatdan kechikib olinganligi yoki umuman olinmaganligi, tergovga ishtirok etishga imkon bermaydigan darajada betoblik va h.k. Bunda vaziyatning uzrli yoki uzrli emasligi har bir holatda alohida hal etiladi. Agarda uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda, ular majburiy keltiriladi. Ammo, oldin ular uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortganligi fakti aniqlanishi lozim. Shundagina shaxsni majburiy keltirish to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqarilib, ijro etish uchun ish yuritilayotgan joydagi ichki ishlar organiga topshiriladi.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti: Raxmonov O.