Янгиликлар
Xorijdagi vatanparvarlar uchun “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasi joriy qilinmoqda
Xorijdagi vatanparvarlar uchun “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasi joriy qilinmoqda
2024 yilning 20 noyabr kuni Prezidentning “Yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy haytida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarni yo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-397-sonli qarori qabul qilindi.
Bu qaror bilan xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni O‘zbekiston atrofida yanada jipslashtirish va Vatan taraqqiyotiga salmoqli xissa qo‘shayotgan vatadoshlarimizni rag‘batlantirish maqsadida ularga “Vatandosh” guvohnomalari va “Vatandosh” kartalari berilishi mumkin bo‘ladi.
▪️“Vatandosh” guvohnomasi – xorijda yashayotgan vatandoshlarga beriladi va bu hujjat yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan, shuningdek, O‘zbekistonda xayriya faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarga minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda “Vatandosh” kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
▪️“Vatandosh” kartasi – yuqoridagi guvohnoma asosida 5 yil muddatga beriladigan va O‘zbekiston hududida ma’lum bir imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi ID karta shaklidagi hujjatdir.
Xo‘sh, “Vatandosh” kartasini olgan shaxslar qanday imtiyozlardan foydalanadi?
▪️“Vatandosh” kartasini qo‘lga kiritgan vatandoshlar:
➖O‘zbekiston hududiga vizasisiz kirish va chiqish;
➖Mamlakat hududida ko‘chmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga niabatan belgilangan ko‘chmas mulk miqdorlari tadbiq etilmaydi va O‘zbekistonda yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
➖Xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish;
➖O‘zbekiston fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, ta’lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish kabi imtiyozlarga ega bo‘ladi.
Ohangaron shahar YXKM rahbari: B.O’smonov