Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Tibbiy xulosaga ko‘ra, xodimning sog‘lig‘i holati bajarib turgan ishiga to‘g‘ri kelmasa


Tibbiy xulosaga ko‘ra, xodimning sog‘lig‘i holati bajarib turgan ishiga to‘g‘ri kelmasa

Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodimning sog‘lig‘i yomonlashganda va bu tibbiy xulosa bilan tasdiqlanganda, uni amaldagi ishidan boshqa ishga o‘tkazish bilan bog‘liq vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Bunda tibbiy xulosa vaqtinchalik yoki doimiy xususiyatga ega bo‘ladi. Shundan kelib chiqilsa, ushbu tibbiy xulosalarda quyidagi xulosalar ko‘rsatilishi mumkin:

➖birinchisi, xodimning sog‘lig‘i vaqtinchaga yomonlashganda, amaldagi ishi uning sog‘lig‘iga vaqtincha to‘g‘ri kelmasligi;

➖ikkinchisi, xodimning sog‘lig‘i muddatsiz yomonlashganda, amaldagi ishi uning sog‘lig‘iga mutlaqo (doimiy) to‘g‘ri kelmasligi.

1. Birinchi vaziyatda, Mehnat kodeksining 142-moddasiga asosan xodim tibbiy xulosani ilova qilib, ish beruvchiga boshqa ishga o‘tkazishni so‘rab ariza yozsa, ish beruvchi uni sog‘lig‘iga to‘g‘ri keladigan boshqa ishga vaqtincha o‘tkazishi shart. Ya’ni, bunda xodim vaqtincha boshqa ishga o‘tkaziladi.

2. Ikkinchi vaziyatda ham deyarli shunga o‘xshash chora ko‘riladi. Biroq, o‘rtada jiddiy farq bor. Mehnat kodeksi 143-moddasi birinchi qismiga asosan ish beruvchi bu xodimni tibbiy xulosaga asosan uning sog‘lig‘iga to‘g‘ri keladigan boshqa doimiy ishga o‘tkazish chorasini ko‘rishi shart. Bunda farqi, xodim doimiy boshqa ishga o‘tkaziladi.

 

          Ohangaron shahar YXKM rahbari:                               B.O’smonov