Янгиликлар
Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatining samaradorligi oshiriladi
Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatining samaradorligi oshiriladi
2024-yil 02-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-201-son Farmoni qabul qilindi
Farmonga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:
-Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi;
-Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkiblari.
-Bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda roʻyobga chiqarish, ularning jismoniy, intellektual, maʼnaviy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga, qobiliyati va isteʼdodini toʻliq namoyon etishiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish ularning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
-Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning joylardagi boshqarmalari hamda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tegishlicha Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya va hududiy komissiyalarning ishchi organi vazifasini bajaradi.
Ohangaron shahar adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuristkonsulti B.Hamrayev