Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilar qoʻllab-quvvatlanadi


Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilar qoʻllab-quvvatlanadi

 

        2024-yil 03-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-417-son qarori qabul qilindi.

          Qarorga koʻra 2025-yil 1-yanvardan ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni taklif etishning quyidagi yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi ochiq va shaffof Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi joriy qilinadi:

           -hududlar va tovarlar kesimida ishlab chiqaruvchilar toʻgʻrisidagi sanoat xaritasini ishlab chiqish;

            -davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida oʻzaro kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ofteyk shartnomalar tuzish imkoniyatini yaratish;

              -“B2B” va “B2C” formatida “marketpleys” shaklidagi erkin savdo maydonchasini tashkil etish.

 

                -Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ishlab chiqaruvchilar ekotizimining toʻliq joriy etilishi va uning barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash uchun masʼul tashkilot ekanligi belgilandi.

 

              - “davlat xaridlari – biznesga koʻmak” tamoyili asosida “tadbirkorbay” ishlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

 

          -Ayrim tadbirkor ishlab chiqaruvchilarga barcha davlat xaridlari elektron tizimlarida:

 

          -davlat xaridlarida ishtirok etish uchun vositachilik yigʻimi miqdoriga nisbatan 50 foiz chegirma taqdim etiladi;

 

           -xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishda qoʻshimcha zakalat kiritilmaydi.

 

Ohangaron shahar adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuristkonsulti                                       B.Hamrayev