Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Nogironligi boʻlgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratiladi


Nogironligi boʻlgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratiladi

 

       2024-yil 05-sentyabr kuni Oʻzbekiston respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan 955-sonli OʻRQ bilan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi

         Qonunga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga koʻra:

   A) Davlat nogironligi boʻlgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi, shu jumladan sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi boʻlgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini taʼminlashga qaratilgan choralarni koʻradi.

     B) Nogironligi boʻlgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.

      V)Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi boʻlgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan, oʻrindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi.

 

 

Ohangaron shahar adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuristkonsulti                                       B.Hamrayev