Янгиликлар
Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yigʻimlardan ozod qilinadi
Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yigʻimlardan ozod qilinadi
2024-yil 22-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-403-son qarori qabul qilindi
Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari:
barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yigʻimlardan ozod qilinadi;
unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq toʻlamaydi.
Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining quyidagi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):
zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;
davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.
Ohangaron shahar adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuristkonsulti B.Hamroyev