Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Faol nuroniylar har oy ragʻbatlantiriladi


Faol nuroniylar har oy ragʻbatlantiriladi

 

2024-yil 25-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-405-son qarori qabul qilindi

Qaror bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan obroʻ-eʼtiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambagʻal oilaga biriktiriladi.

 

Oilalarni kambagʻallikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yoʻnalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:

 

xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini boʻlib toʻlash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;

 

oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan farzandlarini oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan taʼminlash;

 

piyoda yurish madaniyatini targʻib qilish;

 

keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish.

 

Faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi miqdorida ragʻbatlantirib boriladi.

 

Keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.

 

 

 

 

 

Ohangaron shahar adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuristkonsulti                                            

B.Hamrayev