Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish qanday tartibda belgilanadi?


Savol:

Fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish qanday tartibda belgilanadi?

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi 13.03.2020-yildagi OʻRQ-610-sonli Qonunining 6-moddasida Fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish tartibi belgilangan. Unga koʻra, 2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida boʻlmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasida kamida oʻn besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Ota-onasidan biri (yolgʻiz otasi yoki onasi) Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va Oʻzbekiston Respublikasida yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Ushbu Qonun 5-moddasining ikkinchi qismida hamda mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.

 

 

Chirchiq shahah adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev