Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tugʻilganlik boʻyicha olish qanday tartibda belgilanadi?
Savol:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tugʻilganlik boʻyicha olish qanday tartibda belgilanadi?
Javob:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi 13.03.2020-yildagi OʻRQ-610-sonli Qonunining 14-moddasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tugʻilganlik boʻyicha olish tartibi belgilangan. Unga koʻra, bola oʻzining tugʻilgan joyidan qatʻi nazar, agar tugʻilgan paytida:
a) ota-onasi (yolgʻiz otasi yoki onasi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlsa;
b) uning ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud uning turgan joyi nomaʻlum boʻlsa;
v) uning ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi boʻlsa, tugʻilganlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
Ushbu modda birinchi qismining “v” bandida nazarda tutilgan holda bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan ota-onasining yoxud boshqa qonuniy vakillarining iltimosnomasiga binoan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilgan, ota-onasi (yolgʻiz otasi yoki onasi) fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻlgan bola tugʻilganlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan, ota-onasi nomaʻlum boʻlgan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosidir.
Otasi yoxud onasi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan bolaga otalik yoxud onalik belgilangan yoki tan olingan taqdirda, bola, tugʻilgan joyidan qatʻi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.
Chirchiq shahah adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev