Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish asoslari nimalardan iborat?
Savol:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotish asoslari nimalardan iborat?
Javob:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi 13.03.2020-yildagi OʻRQ-610-sonli Qonunining 20-moddasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish tartibi belgilangan. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yoʻqotiladi:
a) shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;
b) agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan boʻlsa;
v) agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolgʻon maʻlumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan boʻlsa;
g) agar shaxs chet davlatning foydasini koʻzlab faoliyat koʻrsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yoʻli bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan boʻlsa;
d) agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan boʻlsa;
e) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tugʻilganlik boʻyicha yoxud chet davlat fuqarosi boʻlgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan boʻlsa va yigirma bir yoshga toʻlguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan boʻlsa.
Shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganligi uning erining (xotinining) va farzandining (bolalarining) fuqaroligi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi.
Chirchiq shahah adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev