Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan taqdirda bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi qanday tartibda boʻladi?


Savol:

Ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan taqdirda bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi qanday tartibda boʻladi?

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi 13.03.2020-yildagi OʻRQ-610-sonli Qonunining 34-moddasida Ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan taqdirda bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish tartibi belgilangan. Unga koʻra, agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan boʻlsa, boshqasi esa chet davlat fuqarosi boʻlib qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olayotgan otaning yoki onaning iltimosnomasiga koʻra, tugʻilgan joyidan qatʻi nazar, bola Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olishi mumkin.

Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan boʻlsa, boshqasi esa Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi boʻlib qolaversa, oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilgan va doimiy yashayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.

Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan boʻlsa, boshqasi esa fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.

Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan boʻlsa, boshqasi esa fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashayotgan bola Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olayotgan otaning yoki onaning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olishi mumkin.

 

 

Chirchiq shahah adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev