Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish yoki uni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar nimalardan iborat?
Savol:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish yoki uni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar nimalardan iborat?
Javob:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi 13.03.2020-yildagi OʻRQ-610-sonli Qonunining 38-moddasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish yoki uni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar belgilangan. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
soʻrovnoma;
pasport yoki identifikatsiyalovchi karta (yashash guvohnomasi);
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
bola iltimosnomada koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi va agar mavjud boʻlsa yashash guvohnomasi;
tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi: ariza beruvchining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan, nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan oʻzidan oldingi qarindoshining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi yoxud manfaatdor vazirlikning yoki idoraning iltimosnomasi;
sudlanganlik holati yoʻqligini yoki mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga pasport yoki identifikatsiyalovchi karta (yashash guvohnomasi) ilova qilinadi.
Chirchiq shahah adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev