Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar nimalardan iborat?


Savol:

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar nimalardan iborat?

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi 13.03.2020-yildagi OʻRQ-610-sonli Qonunining 39-moddasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar belgilangan. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

soʻrovnoma; pasport yoki identifikatsiyalovchi karta;

nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

bola iltimosnomada koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi va agar mavjud boʻlsa pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasida ariza beruvchining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan eri (xotini), ota-onasi, shuningdek uning qaramogʻidagi shaxslar doimiy yashasa, ariza beruvchi ushbu shaxslarning oʻziga nisbatan mulkiy eʻtirozlari mavjud emasligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizalarini taqdim etishi shart.

 

 

Chirchiq shahah adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev