Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʻlumotnomalarni rasmiylashtirish tartibi qanday belgilangan?
Savol:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʻlumotnomalarni rasmiylashtirish tartibi qanday belgilangan?
Javob:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi 13.03.2020-yildagi OʻRQ-610-sonli Qonunining 44-moddasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʻlumotnomalarni rasmiylashtirish belgilangan. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʻlumotnomani rasmiylashtirish haqidagi soʻrovnoma doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashab turgan shaxs tomonidan esa konsullik muassasasiga topshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʻlumotnomani rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʻlumotnomani rasmiylashtirish haqidagi soʻrovnomani ichki ishlar organlari tomonidan koʻrib chiqishning umumiy muddati Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo maʻlumotlar bazasiga talabnoma kiritilgan paytdan eʻtiboran bir oyni tashkil etadi. Soʻrovnomani koʻrib chiqish jarayonida shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi tekshiriladi. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ichki ishlar organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma beriladi.
Chirchiq shahah adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev