Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishni rasmiylashtirish masalalariga oid materiallarni tayyorlash qanday tartibda belgilanadi?


Savol:

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishni rasmiylashtirish masalalariga oid materiallarni tayyorlash qanday tartibda belgilanadi?

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi 13.03.2020-yildagi OʻRQ-610-sonli Qonunining 45-moddasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishni rasmiylashtirish masalalariga oid materiallarni tayyorlash belgilangan. Unga koʻra, fuqaroligi boʻlmagan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish toʻgʻrisidagi ariza doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga topshiriladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

soʻrovnoma;

fuqaroligi boʻlmagan shaxsga yashash guvohnomasi;

nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

arizachining familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganligi haqidagi maʻlumotnoma (oʻzgarishlar mavjud boʻlsa);

2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganligini va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligini yoki Oʻzbeki ston Respublikasi hududida oʻn besh yil va undan ortiq yil davomida doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Fuqaroligi boʻlmagan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish toʻgʻrisidagi arizani ichki ishlar organlari tomonidan koʻrib chiqishning umumiy muddati ariza topshirilgan kundan eʻtiboran uch oyni tashkil etadi.

Ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan holatlar tasdiqlangan taqdirda, fuqaroligi boʻlmagan shaxs tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanib, Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan xulosaga asosan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

 

 

Chirchiq shahah adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev