Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Fuqarolik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha berilishi lozim boʻlgan hujjatlar nimalardan iborat?


Savol:

Fuqarolik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha berilishi lozim boʻlgan hujjatlar nimalardan iborat?

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi 13.03.2020-yildagi OʻRQ-610-sonli Qonunining 51-moddasida Fuqarolik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha berilishi lozim boʻlgan hujjatlar belgilangan. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda olgan shaxsga quyidagi hujjatlar beriladi:

ichki ishlar organi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi kartasi yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

konsullik muassasasi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxsga ichki ishlar organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotganida unga ichki ishlar organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish ruxsat etilgan shaxsga, shu jumladan bolaga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilganligi toʻgʻrisida maʻlumotnoma beriladi.

 

 

Chirchiq shahah adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev