Янгиликлар
Xoʻjalik shirkati yoki jamiyati ishtirokchilarining huquq va burchlari qanday tartibda belgilanadi?
Savol:
Xoʻjalik shirkati yoki jamiyati ishtirokchilarining huquq va burchlari qanday tartibda belgilanadi?
Javob:
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 59-moddasida Xoʻjalik shirkati yoki jamiyati ishtirokchilarining huquq va burchlari belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, xoʻjalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
shirkatning yoki jamiyatning ishlarini boshqarishda qatnashish, boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
taʻsis hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda shirkatning yoki jamiyatning faoliyati toʻgʻrisida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
foydani taqsimlashda qatnashish; shirkat yoki jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish.
Xoʻjalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilikda, shirkat yoki jamiyatning taʻsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Xoʻjalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari:
taʻsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishlari;
shirkat yoki jamiyatning faoliyati toʻgʻrisidagi maxfiy axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Xoʻjalik shirkati yoki jamiyati ishtirokchilarining shirkat yoki jamiyat taʻsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa burchlari ham boʻlishi mumkin.
Chirchiq shahah adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev