Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Kommandit shirkat nima?


Savol:

Kommandit shirkat nima?

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 61-moddasida Kommandit shirkat tushunchasi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan hamda shirkatning majburiyatlari boʻyicha oʻzlarining butun mol-mulklari bilan javob beradigan ishtirokchilar (toʻliq sheriklar) bilan bir qatorda shirkat faoliyati bilan bogʻliq zarar uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar doirasida javobgar boʻladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qatnashmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchi (hissa qoʻshuvchi, kommanditchi) mavjud boʻlsa, bunday shirkat kommandit shirkat hisoblanadi.

Kommandit shirkatda qatnashayotgan toʻliq sheriklarning huquqlari va ularning shirkat majburiyatlari boʻyicha javobgarligi ushbu Kodeksning qoidalari bilan belgilanadi.

Shaxs faqat bitta kommandit shirkatda toʻliq sherik boʻlishi mumkin.

Toʻliq shirkat ishtirokchisi kommandit shirkatda toʻliq sherik boʻla olmaydi.

Kommandit shirkatdagi toʻliq sherik oʻsha shirkatning oʻzida hissa qoʻshuvchi va boshqa toʻliq shirkatda ishtirokchi boʻlishi mumkin emas.

Kommandit shirkatning firma nomi barcha toʻliq sheriklarning nomlari (nomlanishi)ni, shuningdek “kommandit shirkat” degan soʻzlarni yoki kamida bitta toʻliq sherikning “va kompaniya” degan soʻzlar qoʻshilgan nomi (nomlanishi)ni, shuningdek “kommandit shirkat” degan soʻzlarni oʻz ichiga olishi kerak.

Agar kommandit shirkatning firma nomiga hissa qoʻshuvchining nomi kiritilgan boʻlsa, bunday hissa qoʻshuvchi toʻliq sherikka aylanadi.

Kommandit shirkatga toʻliq shirkat haqidagi qoidalar qoʻllaniladi, agar bu hol ushbu Kodeksning qoidalariga zid boʻlmasa.

 

 

Chirchiq shahah adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev