Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Aksiyadorlik jamiyati va Shuʻba xoʻjalik jamiyati haqida tushuntirish bersangiz.


Savol:

Aksiyadorlik jamiyati va Shuʻba xoʻjalik jamiyati haqida tushuntirish bersangiz.

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 64-moddasida Aksiyadorlik jamiyati tushunchasi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, ustav fondi muayyan aksiyalar soniga boʻlingan jamiyat aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi; aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zarar uchun oʻzlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar.

Aksiyalar haqini batamom toʻlamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga qarashli aksiyalar qiymatining toʻlanmagan qismi doirasida solidar javobgar boʻladilar.

Aksiyadorlik jamiyatining firma nomida jamiyatning nomi hamda bu jamiyat aksiyadorlik jamiyati ekanligi oʻz ifodasini topishi kerak.

Ushbu Kodeksning 65-moddasida Shuʻba xoʻjalik jamiyati tushunchasi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, agar bir (asosiy) xoʻjalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xoʻjalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeyiga ega boʻlgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo boʻlmasa boshqacha tarzda ikkinchi xoʻjalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega boʻlsa, ushbu ikkinchi xoʻjalik jamiyati shuʻba xoʻjalik jamiyati hisoblanadi.

Shuʻba xoʻjalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi.

Shuʻba xoʻjalik jamiyati oʻz mulkida oʻzining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar oʻzining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan shuʻba xoʻjalik jamiyati oʻzining asosiy jamiyati (shirkati) ishtirokchilari yoki aksiyadorlari umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas.

Shuʻba xoʻjalik jamiyati oʻzining asosiy jamiyati (shirkati)ning qarzlari boʻyicha javob bermaydi.

Asosiy jamiyat (shirkat) aybi bilan shuʻba xoʻjalik jamiyati toʻlovga qobiliyatsiz boʻlib qolgan taqdirda, asosiy jamiyat (shirkat) uning qarzlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi.

 

 

Chirchiq shahah adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev