Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Qaram xoʻjalik jamiyati haqida tushuntirish bersangiz.


Savol:

Qaram xoʻjalik jamiyati haqida tushuntirish bersangiz.

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 68-moddasida Qaram xoʻjalik jamiyati tushunchasi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, xoʻjalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xoʻjalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aksiyalarning (ulushning) yigirma foizidan koʻprogʻiga ega boʻlsa, bunday xoʻjalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi.

Qaram xoʻjalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi.

Qaram xoʻjalik jamiyati oʻz mulkida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni olgan qaram xoʻjalik jamiyati ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki aksiyadorlari umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas.

Xoʻjalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat qaram jamiyat ustav fondining tegishli qismini qoʻlga kiritib olganligi haqidagi maʻlumotlarni qonunda nazarda tutilgan tartibda darhol eʻlon qilishi shart.

Xoʻjalik jamiyatlari bir-birlarining ustav fondlarida oʻzaro qatnashishining chegarasi va bunday jamiyatlardan biri boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida foydalanishi mumkin boʻlgan ovozlar soni qonunda belgilab qoʻyiladi.

 

 

 

Chirchiq shahah adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev