Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ishlab chiqarish kooperativlari deb nimaga aytiladi? U haqida tushuntirish bersangiz.


Savol:

Ishlab chiqarish kooperativlari deb nimaga aytiladi? U haqida tushuntirish bersangiz.

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 69-moddasida Ishlab chiqarish kooperativlari tushunchasi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, fuqarolarning shaxsiy ishtirok etish hamda aʻzolarning (ishtirokchilarning) mulk bilan qoʻshiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xoʻjalik faoliyatini olib borish uchun aʻzolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi ishlab chiqarish kooperativi hisoblanadi.

Qonunda va ishlab chiqarish kooperativining taʻsis hujjatlarida uning faoliyatida aʻzolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkin.

Ishlab chiqarish kooperativining aʻzolari kooperativning majburiyatlari boʻyicha qonunda va kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda subsidiar javobgar boʻladilar.

Kooperativning firma nomi kooperativning nomini, shuningdek “ishlab chiqarish kooperativi” degan soʻzlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.

Ishlab chiqarish kooperativlarining huquqiy mavqeyi va ular aʻzolarining huquq hamda burchlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan va ishlab chiqarish kooperativining shakli boʻlgan qishloq xoʻjaligi kooperativi qoʻshma qishloq xoʻjaligi kooperativi shaklida ham tashkil etilishi mumkin.

 

 

Chirchiq shahah adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev