Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona va Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi haqida tushuntirish bersangiz.


Savol:

Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona va Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi haqida tushuntirish bersangiz.

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 71-moddasida Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona tushunchasi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona mulkdorning yoki u vakil qilgan organning qaroriga muvofiq tashkil etiladi.

Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan korxonaning taʻsis hujjati uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavidan iboratdir.

Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona oʻz mol-mulkining bir qismini xoʻjalik yuritish uchun belgilangan tartibda topshirish yoʻli bilan yuridik shaxs boʻlgan boshqa unitar korxona (shuʻba korxona) tashkil etishi mumkin.

Muassis shuʻba korxonaning ustavini tasdiqlaydi va uning rahbarini tayinlaydi.

Ushbu Kodeksning 72-moddasida Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi tushunchasi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga muvofiq davlat mulki boʻlgan mol-mulk negizida operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi (davlat korxonasi) tashkil etilishi mumkin.

Davlat korxonasining taʻsis hujjati uning ustavidir.

Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat korxonasining firma nomi uning davlat korxonasi ekanligini koʻrsatishi kerak.

Davlat korxonasining oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqi ushbu Kodeksning 178 va 179-moddalariga muvofiq belgilanadi.

Davlat korxonasining mol-mulki yetarli boʻlmaganida davlat uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi.

Davlat korxonasi uni tuzgan davlat organining qaroriga muvofiq qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.

 

 

Chirchiq shahah adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev