Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Matlubot kooperativi deb nimaga aytiladi? U haqida tushuntirish bersangiz.


Savol:

Matlubot kooperativi deb nimaga aytiladi? U haqida tushuntirish bersangiz.

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 73-moddasida Matlubot kooperativi tushunchasi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning aʻzolikka asoslangan ixtiyoriy birlashmasi matlubot kooperativi hisoblanib, bu birlashuv uning aʻzolari tomonidan oʻz mulkiy (pay) badallarini qoʻshish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Matlubot kooperativining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan maʻlumotlardan tashqari quyidagi maʻlumotlar boʻlishi kerak: kooperativ aʻzolari qoʻshadigan pay badallarining miqdori toʻgʻrisidagi; kooperativ aʻzolari pay badallarining tarkibi va ularni qoʻshish tartibi hamda ularning badalni qoʻshish majburiyatini buzganlik uchun javobgarligi toʻgʻrisidagi; kooperativni boshqarish organlarining tarkibi hamda vakolatlari va ular tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki ovozlarning malakali koʻpchiligi bilan qabul qilinadigan masalalar toʻgʻrisidagi; kooperativ koʻrgan zararlarni kooperativ aʻzolari tomonidan toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi.

Matlubot kooperativining nomida uning faoliyatining asosiy maqsadi koʻrsatilishi, shuningdek “kooperativi” soʻzi yoki “matlubot uyushmasi” yoxud “matlubot jamiyati” degan soʻzlar boʻlishi kerak.

Matlubot kooperativining aʻzolari koʻrilgan zararni yillik balans tasdiqlanganidan keyin uch oy mobaynida qoʻshimcha badallar toʻlash yoʻli bilan qoplashlari shart.

Ushbu burch bajarilmagan taqdirda kooperativ kreditorlarning talablariga muvofiq sud tomonidan tugatilishi mumkin. Matlubot kooperativining aʻzolari uning majburiyatlari boʻyicha har bir kooperativ aʻzosi toʻlaydigan qoʻshimcha badalning toʻlanmagan qismi doirasida subsidiar javobgar boʻladilar.

Bu holda kooperativ aʻzolari solidar javob beradilar. Matlubot kooperativining tijorat faoliyatiga nisbatan ushbu Kodeksning tijoratchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi qoidalari qoʻllaniladi.

Matlubot kooperativlarining huquqiy mavqeyi, shuningdek ular aʻzolarining huquq va burchlari ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

 

Chirchiq shahah adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev