Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Jamoat fondlari deb nimaga aytiladi? U haqida tushuntirish bersangiz.


Savol:

Jamoat fondlari deb nimaga aytiladi? U haqida tushuntirish bersangiz.

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 75-moddasida Unitar korxona tushunchasi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qoʻshish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, maʻrifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni koʻzlaydigan, aʻzoligi boʻlmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb eʻtirof etiladi.

Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan oʻtkazilgan mol-mulk fondning mulkidir.

Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.

Jamoat fondining mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda maʻmuriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.

Fond qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan oʻz ustavida belgilangan maqsadlarga toʻgʻri keladigan doirada shugʻullanishi mumkin. Fondning tijorat tashkilotlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ishtiroki qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jamoat fondi har yili oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot eʻlon qilib borishi shart. Jamoat fondini boshqarish tartibi va uning organlarini shakllantirish tartibi uning ustavida belgilanadi. Jamoat fondining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilganidan tashqari quyidagi maʻlumotlar boʻlishi kerak: fond organlarining tuzilishi, vakolatlari va shakllantirilish tartibi; fond organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash (saylash) va lavozimidan ozod qilish tartibi; fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari; fondning, uning vakolatxonalari hamda filiallarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquq va majburiyatlari; fond vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish tartibi; fondni qayta tashkil etish va tugatish tartibi; fond tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi; fond ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish tartibi.

Jamoat fondining ustavida fondning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan ramziy belgisining tavsifi, shuningdek qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.

Chirchiq shahah adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                          T.T.Bektoshev