Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Yuridik shaxslar birlashmalari deb nimaga aytiladi? U haqida tushuntirish bersangiz.


Savol:

Yuridik shaxslar birlashmalari deb nimaga aytiladi? U haqida tushuntirish bersangiz.

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 77-moddasida Yuridik shaxslar birlashmalari tushunchasi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, tijorat tashkilotlari oʻzlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va oʻzga birlashmalariga birlashishlari mumkin. Agar ishtirokchilarning qaroriga muvofiq uyushmaga (ittifoqqa) va oʻzga birlashmaga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish vazifasi yuklatilsa, bunday uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashma ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda xoʻjalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirilishi kerak yoxud tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xoʻjalik jamiyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok etishi mumkin.

Notijorat tashkilotlari oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin.

Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalar yuridik shaxs hisoblanadi. Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning aʻzolari oʻz mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar.

Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalar oʻz aʻzolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.

Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning aʻzolari ularning majburiyatlari boʻyicha uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning taʻsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar boʻladilar.

Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning nomi ularning asosiy faoliyatini koʻrsatishi, unga “uyushmasi”, “ittifoqi” soʻzlari yoki birlashma turini koʻrsatadigan boshqa soʻz kiritilgan boʻlishi kerak.

Qonunchilikda yuridik shaxslar birlashmalari huquqiy mavqeyining xususiyatlari belgilanishi mumkin.

 

 

Chirchiq shahah adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev