Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Muassasalar va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari haqida tushuntirish bersangiz.


Savol:

Muassasalar va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari haqida tushuntirish bersangiz.

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 76-moddasida Muassasalar tushunchasi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat boʻlmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va toʻla yoki qisman moliyaviy taʻminlab turiladigan tashkilot muassasa hisoblanadi.

Muassasaning oʻziga biriktirib qoʻyilgan va oʻzi sotib olgan mol-mulkka boʻlgan huquqlari ushbu Kodeksning 178 va 180-moddalariga muvofiq belgilanadi.

Muassasa oʻz majburiyatlari boʻyicha ixtiyoridagi pul mablagʻlari bilan javob beradi. Bu mablagʻlar yetarli boʻlmasa, tegishli mol-mulkning egasi uning majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar boʻladi.

Ayrim turdagi davlat muassasalari va boshqa muassasalar huquqiy mavqeyining xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.

Ushbu Kodeksning 78-moddasida Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tushunchasi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yaratgan yoki sotib olgan mol-mulk ularning mulkidir.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqiy mavqeyi qonunchilik bilan belgilanadi.

 

 

 

Chirchiq shahah adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev