Янгиликлар
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi hamda Davlat va yuridik shaxslar javobgarligining farqlab qoʻyilishi tartibi qanday?
Savol:
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi hamda Davlat va yuridik shaxslar javobgarligining farqlab qoʻyilishi tartibi qanday?
Javob:
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 79-moddasida Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, Davlat fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarda ularning boshqa ishtirokchilari bilan baravar asoslarda ishtirok etadi.
Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarda davlat nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar ishtirok etadilar.
Davlat oʻzining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari boʻyicha oʻz mulki boʻlgan mablagʻlari bilan javob beradi.
Ushbu Kodeksning 80-moddasida Davlat va yuridik shaxslar javobgarligining farqlab qoʻyilishi belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, davlat tomonidan tuzilgan yuridik shaxs davlatning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat oʻzi tuzgan yuridik shaxsning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Ushbu moddaning qoidalari davlat tuzgan shartnoma asosida yuridik shaxsning majburiyatlari boʻyicha oʻz zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) yoki mazkur yuridik shaxs davlatning majburiyatlari boʻyicha oʻz zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli emas.
Chirchiq shahah adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev