Янгиликлар
Nikoh qanday bekor qilinadi (tugatiladi)?
Nikoh qanday bekor qilinadi (tugatiladi)?
Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 37-45 moddalariga Er-xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan deb eʻlon qilishi oqibatida nikoh tugaydi. Nikoh er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratish yoʻli bilan, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan er yoki xotinning vasiysi bergan arizaga muvofiq tugatilishi mumkin. Umumiy qoidaga koʻra nikoh FXDYo organlari va sud orqali bekor qilinishi mumkin. Nikohni
FXDYo organlarida bekor qilish: Farzandi boʻlmagan yoki voyaga etmagan bolalari boʻlmagan er-xotin nikohdan ajratishga oʻzaro rozi boʻlsalar, ular nikohdan FHDYo orqali ajratilishi mumkin.
Agar er-xotindan biri:
- sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa
- sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa
- jinoyat sodir qilib uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa, oʻrtada voyaga etmagan bolalari borligidan qatʻi nazar,
er-xotindan birining arizasiga koʻra ular FHDYo boʻlimida nikohdan ajratiladi.
Nikoh voyaga etmagan bolalari boʻlmagan er-xotinlarning oʻzaro roziligi boʻyicha FHDYo boʻlimida bekor qilinsa er-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan bazaviy hisoblash miqdorining 150 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Er-xotin oʻrtasida mulkiy yoki boshqa nizo boʻlgan taqdirda nikoh taraflardan birining arizasi bilan sud orqali ajratiladi. Daʻvogar (er yoki xotin) nikohni bekor qilish haqidagi daʻvo ariza bilan javob (er yoki xotin) doimiy yashaydigan hudud boʻyicha fuqarolik sudiga daʻvo ariza kiritadi. Sudda ish yuritish uchun daʻvogardan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (01.12.2019-yil holatiga 446 000 soʻm) miqdorida davlat boji undiriladi. Sud ishning koʻrilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashi mumkin. Sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yoʻq deb topsagina, ularni nikohdan ajratadi.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Fayziyev Axror