Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Singlim chet el fuqarosiga turmushga chiqmoqchi nikoh tuzish tartibi haqida maʼlumot bersangiz?


Singlim chet el fuqarosiga turmushga chiqmoqchi nikoh tuzish tartibi haqida maʼlumot bersangiz?

Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 234-moddasiga koʻra chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oilaviy munosabatlardagi huquq va majburiyatlari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uning hududida oilaviy munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega boʻladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 235-moddasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan nikohlarni eʻtirof etish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, boshqa davlat hududida oʻsha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida tuzilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasida tuzilgan nikohlar, agar Oila Kodeksining 16-moddasida nazarda tutilgan nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʻtirof etiladi. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida chet el fuqarolari oʻrtasida boshqa davlat hududida oʻsha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda tuzilgan nikohlar Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʻtirof etiladi.

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                          Bektoshev Tolmas