Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani olish va qayta rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?


Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani olish va qayta rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?

Ushbu xizmatlardan foydalanuvchilar Jismoniy va yuridik shaxslar hamda xizmat koʻrsatish muddati 15 ish kuni mobaynida.

Arizani koʻrib chiqadigan tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Tasdiqnomani olish tartibi quyidagicha:

1. Arizachi YIDXPda avtorizatsiyadan oʻtib, ariza shaklini toʻldiradi, yigʻimni toʻlaydi va arizani yuboradi.

2. Vakolatli organ ish beruvchi tomonidan koʻrsatilgan boʻsh ish oʻrinlari uchun mahalliy ishchi kuchi mavjudligini hisobga olgan holda chet el fuqarolarini jalb qilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganadi. Vakolatli organ arizachiga chet el fuqarolarini jalb qilishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa yuboradi.

Xizmatni koʻrsatish uchun kerak boʻladigan hujjatlar:

-         Chet el fuqarosi pasportining elektron nusxasi;

-         Chet el fuqarosini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari toʻgʻrisida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi koʻrsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;

-         Chet el fuqarosining 3x4 sm hajmli elektron fotosurati;

-         Chet el fuqarosining malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;

-         Viza rejimi oʻrnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari kirish vizasining nusxasi (“E” mehnat vizasi, “V-1” va “V-2” ish vizasi, “S-3” xizmat vizasi yoki vatandoshlar uchun nazarda tutilgan boshqa turdagi vizalar).

Tasdiqnomani qayta rasmiylashtirishga hech qanday hujjat talab qilinmaydi, ariza berish tartibi quyidagicha:

1. Ariza beruvchi YIDXPda roʻyxatdan va/yoki avtorizatsiyadan oʻtadi va soʻrov yuboradi;

2. Agentlik ish beruvchi tomonidan soʻralayotgan chet el fuqarolari soni va mutaxassisliklarining (lavozimlarining) uning ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojiga muvofiqligini oʻrganadi;

3.  Agentlik ish beruvchiga YIDXP orqali qabul qilingan qaror toʻgʻrisida elektron shakldagi xabarnomani, jumladan, ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda ruxsatnoma berish uchun yigim miqdori koʻrsatilgan holda yuboradi;
4. Ijobiy xabarnoma kelgandan soʻng ruxsatnoma berish uchun yigʻim toʻlaydi;
5. Ruxsatnoma berish uchun yigʻim toʻlangandan keyin ruxsatnomani rasmiylashtiradi va oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi;

6. Ruxsatnomani ariza beruvchiga YIDXP orqali yuboradi.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                              Fayziyev Axror