Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Savol: Mualliflik huquqining yuzaga kelishi. Mualliflik prezumpsiyasi nima?


Savol: Mualliflik huquqining yuzaga kelishi. Mualliflik prezumpsiyasi nima?

 

Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq: fan, adabiyot va sanʻat asariga mualliflik huquqi uni yaratish fakti boʻyicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.

Asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida koʻrsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan boʻlsa, asar muallifi hisoblanadi.

Asar imzosiz yoki taxallus ostida chop etilgan taqdirda (muallifning taxallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asarni chop etgan, asarda ismi-sharifi yoki nomi koʻrsatilgan noshir, agar boshqa dalillar boʻlmasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishini taʻminlash huquqiga egadir. Bu qoida bunday asar muallifi oʻz shaxsini oshkor etguniga va oʻzining muallif ekanligini maʻlum qilguniga qadar amalda boʻladi.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                 Avlaqulov Sobir