Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Savol: Hammualliflik nima?


Savol: Hammualliflik nima?

 

Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq: Ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi, mazkur asar boʻlinmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qatʻi nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli boʻladi.

Agar asarning muayyan qismidan uning boshqa qismlariga bogʻliq boʻlmagan holda foydalanish mumkin boʻlsa, bu mustaqil mazmunga ega boʻlgan qism deb eʻtirof etiladi.

Hammualliflarning har biri, agar ular oʻrtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, asarning oʻzi yaratgan, mustaqil mazmunga ega boʻlgan qismidan oʻz xohishiga koʻra foydalanishga haqlidir.

Hammualliflar oʻrtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, kelishuv asosida belgilanadi. Bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda, asarga boʻlgan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Agar hammualliflarning asari boʻlinmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalanishni yetarli asoslar boʻlmay turib taqiqlab qoʻyishga hammualliflardan hech biri haqli emas.

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                 Avlaqulov Sobir