Янгиликлар
Savol: Fonogrammadan foydalanganlik uchun haq toʻlanadimi?
Savol: Fonogrammadan foydalanganlik uchun haq toʻlanadimi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 51-moddasiga muvofiq: tijorat maqsadida chop etilgan fonogrammani tayyorlovchining va ijrosi shunday fonogrammaga yozilgan ijrochining roziligisiz, lekin ularga haq toʻlagan holda:
fonogrammani omma oldida ijro etishga;
fonogrammani efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish, shu jumladan uni retranslyatsiya qilish yoʻli bilan efirga uzatish yoki kabel orqali yuborishga yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haqni yigʻish, taqsimlash va toʻlash ijrochilarning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot yoki fonogrammalarni tayyorlovchilarning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot tomonidan shunday tashkilotlar oʻrtasidagi kelishuvga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haq miqdori, shuningdek uni toʻlash tartibi haqni yigʻuvchi tashkilot bilan fonogrammadan foydalanuvchi shaxslar oʻrtasidagi kelishuvda belgilanadi.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Avlaqulov Sobir