Янгиликлар
Savol: Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi nima?
Savol: Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi nima?
Oʻzbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq: Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi (bundan buyon matnda tovar belgisi deb yuritiladi) bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilardir.
Tovar belgilari yakka tartibdagi va jamoaviy boʻlishi mumkin.
Alohida yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli tovar belgisi yakka tartibdagi belgi hisoblanadi.
Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan, bir xil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega boʻlgan tovarlarini belgilash uchun moʻljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi.
Tasvirlar, soʻzlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Avlaqulov Sobir