Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Savol: Litsenziya shartnomasi nima?


Savol: Litsenziya shartnomasi nima?

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1036-moddasiga muvofiq: Litsenziya shartnomasi boʻyicha intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mutlaq huquqqa ega boʻlgan taraf (litsenziar) boshqa tarafga (litsenziatga) tegishli intellektual mulk obyektidan foydalanishga ruxsatnoma beradi.

Litsenziya shartnomasi beriladigan huquqlarni, foydalanish chegaralari va muddatlarini aniqlashi lozim.

Litsenziya shartnomasi pullik hisoblanadi.

Litsenziya shartnomasi litsenziatga quyidagilarni berishni nazarda tutishi mumkin:

intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi va boshqa shaxslarga litsenziya berish huquqi saqlanib qolgan holda (oddiy nomutlaq litsenziya) foydalanish huquqini;

intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi saqlanib qolgan holda, biroq boshqa shaxslarga litsenziyani berish huquqisiz (mutlaq litsenziya) foydalanish huquqini;

qonunda yoʻl qoʻyiladigan boshqa turdagi litsenziyalarni.

Agar litsenziya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, litsenziya oddiy (nomutlaq) deb hisoblanadi.

Litsenziyani oluvchi tomonidan intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnoma sublitsenziya shartnomasi hisoblanadi. Litsenziyani oluvchi faqat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan hollarda sublitsenziya shartnomasi tuzishga haqli.

Qoʻshimcha litsenziatning harakatlari uchun, agar litsenziya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, litsenziar oldida litsenziat javobgar boʻladi.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                 Avlaqulov Sobir