Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Savol: Merosni qabul qilib olish huquqining oʻtishi (meros transmissiyasi) nima?


Savol: Merosni qabul qilib olish huquqining oʻtishi (meros transmissiyasi) nima?

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11401-moddasiga muvofiq: Agar vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha vorislikka chaqirilgan merosxoʻr meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan boʻlsa, unga tegishi kerak boʻlgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun boʻyicha merosxoʻrlariga, agar barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan boʻlsa, uning vasiyat boʻyicha merosxoʻrlariga oʻtadi (meros transmissiyasi). Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxoʻrning vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi.

Vafot etgan merosxoʻrga tegishli merosni qabul qilib olish huquqi uning merosxoʻrlari tomonidan umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                 Avlaqulov Sobir