Янгиликлар
Savol: Merosdan voz kechish huquqining cheklanishi nima?
Savol: Merosdan voz kechish huquqining cheklanishi nima?
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1148-moddasiga muvofiq: Agar merosxoʻr vasiyatnoma boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham vorislikka chaqirilsa, u ana shu asoslarning biri yoki har ikkalasi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan voz kechishga haqli.
Merosxoʻr ulushning ortishi huquqi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qatʻi nazar, voz kechishga haqli.
Merosxoʻr merosdan voz kechganida vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha merosxoʻrlar jumlasidan boʻlmish boshqa shaxslar foydasiga voz kechayotganini koʻrsatishga haqli.
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollardan tashqari merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qoʻyib voz kechilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Avlaqulov Sobir