Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Savol: Fuqaroning muomala layoqati nima?


Savol: Fuqaroning muomala layoqati nima?

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga muvofiq: Fuqaroning oʻz harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega boʻlish va ularni amalga oshirish, oʻzi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, yaʻni oʻn sakkiz yoshga toʻlgach toʻla hajmda vujudga keladi.

Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan oʻtgan fuqaro nikohdan oʻtgan vaqtdan eʻtiboran toʻla hajmda muomala layoqatiga ega boʻladi.

Nikoh tuzish natijasida ega boʻlingan muomala layoqati oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham toʻla saqlanib qoladi.

Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab toʻla muomala layoqatini yoʻqotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                 Avlaqulov Sobir