Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Savol: Fuqaroni vafot etgan deb eʻlon qilish tartibi qanday?


Savol: Fuqaroni vafot etgan deb eʻlon qilish tartibi qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 36-moddasiga muvofiq: Agar fuqaroning qayerda turganligi haqida uning yashash joyida uch yil mobaynida maʻlumot boʻlmasa, basharti u oʻlim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok boʻlgan deb taxmin qilish uchun asos boʻladigan vaziyatlarda bedarak yoʻqolgan boʻlib, uning qayerdaligi haqida olti oy mobaynida maʻlumotlar boʻlmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud uni vafot etgan deb eʻlon qilishi mumkin.

Harbiy harakatlar munosabati bilan bedarak yoʻqolgan harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqaro harbiy harakatlar tamom boʻlgan kundan eʻtiboran kamida ikki yil oʻtgandan keyin sud tomonidan vafot etgan deb eʻlon qilinishi mumkin.

Sudning fuqaroni vafot etgan deb eʻlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirgan kun vafot etgan deb eʻlon qilingan fuqaroning oʻlgan kuni deb hisoblanadi. Oʻlim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok boʻlgan deb taxmin qilish uchun asos boʻladigan vaziyatlarda bedarak yoʻqolgan fuqaro vafot etgan deb eʻlon qilingan taqdirda, sud uning taxmin qilingan halokat kunini ushbu fuqaroning oʻlgan kuni deb topishi mumkin.

Fuqaroni vafot etgan deb eʻlon qilish bunday fuqaroning huquq va burchlari borasida uning oʻlimi olib kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarni vujudga keltiradi.

 

Chirchiq shahar adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                 Avlaqulov Sobir