Янгиликлар
Savol: Yot aralashmagan va yot aralashgan qarindoshlik nima?
Savol: Yot aralashmagan va yot aralashgan qarindoshlik nima?
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 58-moddasiga muvofiq: Aka-uka va opa-singillar yot aralashmagan va yot aralashgan qarindosh boʻlishi mumkin. Aka-uka va opa-singillar bir ota-onadan kelib chiqqan boʻlsa, yot aralashmagan, ota bir ona boshqa yoki aksincha ona bir ota boshqa boʻlsa, yot aralashgan qarindosh hisoblanadi. Yot aralashmagan qarindoshlikda aka-uka va opa-singillar tugʻishgan, yot aralashgan qarindoshlikda esa, aka-uka va opa-singillar oʻgay hisoblanadi.
Er-xotinning ilgarigi nikohlaridan boʻlgan bolalari oʻzaro qarindosh hisoblanmaydi.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Avlaqulov Sobir