Янгиликлар
Savol: Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari qanday?
Savol: Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 60-moddasiga muvofiq: Bolaning shu onadan tugʻilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga koʻra, bola tibbiy muassasada tugʻilmagan holda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi.
Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining oʻlimi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan soʻng uch yuz kun ichida tugʻilgan bolasi nikohda tugʻilgan bola hisoblanadi.
Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tugʻilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan boʻlsa, bola yangi nikohda tugʻilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida nizolashish huquqiga ega.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Avlaqulov Sobir