Янгиликлар
Savol: Otalik (onalik) toʻgʻrisida eʻtiroz bildirish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Savol: Otalik (onalik) toʻgʻrisida eʻtiroz bildirish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 63-moddasiga muvofiq: Tugʻilishni yozish daftaridagi tugʻilishga oid yozuv bolaning unda koʻrsatilgan ota-onadan tugʻilganligini tasdiqlovchi dalil hisoblanadi.
Bolaning otasi yoki onasi deb yozilgan shaxs unga bunday yozuv maʻlum boʻlgan yoki maʻlum boʻlishi lozim boʻlgan vaqtdan eʻtiboran bir yil mobaynida ana shu yozuv toʻgʻrisida sud tartibida eʻtiroz bildirishga haqlidir. Agar shu vaqtga kelib, bolaning otasi yoki onasi deb yozilgan shaxs voyaga yetmagan boʻlsa, bir yillik muddat mazkur shaxs oʻn sakkiz yoshga toʻlgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Avlaqulov Sobir