Янгиликлар
Savol: Ota-onalik huquqidan mahrum qilish tartibi qanday?
Savol: Ota-onalik huquqidan mahrum qilish tartibi qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 80-moddasiga muvofiq: Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlar ota (ona)ning (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning), prokurorning, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning (vasiylik va homiylik organi, bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar muassasalari hamda boshqa muassasalarning) daʻvosiga binoan koʻriladi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda bolaning taʻminoti uchun ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onadan (ularning biridan) aliment undirish masalasini hal qiladi.
Agar sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi ishlarni koʻrishda ota-ona (ulardan biri)ning harakatida jinoyat alomatlari mavjudligini aniqlasa, bu haqda prokurorga xabar berishi shart.
Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin uch kun ichida ushbu qarorning koʻchirmasini bolaning tugʻilganligi davlat tomonidan roʻyxatga olingan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti Avlaqulov Sobir